Sherzod Hidoyatov qayd etganidek, bugungi kunda respublika issiqlik ta’minoti obyektlarida, xususan 8 ta qozonxonada foydali ish koeffitsiyenti 92 foizdan kam bo‘lmagan zamonaviy energiya tejamkor isitish qozonlari, yo‘qotishlarning oldini olish maqsadida 42 km penopoliuretandan tayyorlangan polimer izolyatsiyali va himoya qobig‘iga o‘ralgan, kanalsiz yotqizish imkonini beruvchi quvurlar, 477 ta individual issiqlik punkti (IIP) o‘rnatilmoqda. Mazkur loyihalarni amalga oshirish natijasida 531 ta uyning 24 mingta xonadonlari, 52 ta ijtimoiy soha obyekti issiqlik energiyasi bilan ta’minlanadi.
Shuningdek, Andijon, Chirchiq, Buxoro, Samarqand va Toshkent shaharlarida hozirgi kunda foydalanib kelinayotgan issiqlik ta’minotining ochiq tarmoqli tizimidan yopiq tarmoqli tizimiga o‘tish va isitish tizimda zamonaviy texnologiyani tadbiq etish orqali 1 855 ta ko‘p kvartirali uylardagi 85 777 ta xonadon hamda 193 ta ijtimoiy obyekt issiq suv va issiqlik energiyasi bilan qamrab olinadi.