Yangiliklar

Davlatobod tumanida zamonaviy bolalar o‘yingohi qurildi

       Mamlakatimizda muhim boyligimiz sanalgan inson salomatligini asrash yo‘nalishida keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Ayniqsa, so‘nggi 4-5 yil ichida sohada amalga oshirilgan xalqchil islohotlar bugun har bir inson hayotida yaqqol sezilmoqda.

      Davlatobod tumani “Xalqlar do‘stligi” mahallasida joylashgan 5,6- ko‘p qavatli uyning tutash hududlariga bolalar maydonchasi, sport, sog‘lomlashtirish jihozlari homiylik asosida, qurib bitkazilib foydalanishga topshirildi.

     Bunday maskanlar nafaqat bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, balki salomatligini mustahkamlash, ularni jismonan chiniqishi uchun ham muhim ahamiyatga ega.