Jizzax viloyati Doʼstlik tumani Chinobod MFY Yangi Oʼzbekiston massivida issiqlik tarmoqlarini qurish obyektida Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi hamda Injiniring kompaniya vakillari, shuningdek, tegishli mutasaddi tashkilotlarning rahbarlari tomonidan o'rganildi.
Loyihaning hozirgi holati, amalga oshirilayotgan ishlarning sifati va muddatlariga alohida e'tibor qaratildi. Loyihaning asosiy maqsadi – Yangi Oʼzbekiston massividagi aholini sifatli va barqaror issiqlik bilan ta'minlashdir. Bu loyiha mintaqada yashovchi aholining turmush sharoitlarini yaxshilash, qulayliklar yaratish va energetika resurslaridan samarali foydalanishni ko'zda tutadi.
Mutasaddi rahbarlar tomonidan loyihaning turli jihatlari muhokama qilinib, uning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun zarur bo'lgan ko'rsatmalar berildi. Loyihani bajarishda xalqaro standartlarga rioya qilish, qurilish ishlarini zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etish va ekologik xavfsizlikni ta'minlash bo'yicha aniq tavsiyalar ilgari surildi.
Shuningdek, qurilish jarayonini nazorat qilish, texnik talablar va sifat mezonlariga rioya qilishning muhimligi qayd etildi. Bu loyihaning amalga oshirilishi Yangi Oʼzbekiston massivi aholisining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini yaxshilashga katta hissa qo'shadi va mintaqada issiqlik ta'minoti tizimini sezilarli darajada takomillashtirish imkonini beradi.