Andijon viloyatidagi issiqlik ta’minoti tizimi, amalga oshirilgan ishlar holati “Issiqlikta’minoti” AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Sultonov hamda “Ko‘p xonadonli uylarni mukammal va joriy ta’mirlash hamda issiqlik ta’minoti obyektlarini qurish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi direktori Ochilov Toxir Muzaffarovich tomonidan o‘rganildi.
Viloyatda 2025-2026 yillar kuz-qish mavsumiga issiqlik tizimlarini tayyorlash maqsadida hududdagi issiqlik ta’minoti obyektlarida 2 km issiqlik tarmog‘ini joriy va mukammal ta’mirlash rejalashtirilgan bo‘lib, hozirgacha 0,3 km ish bajarilgan.
“Yangi O‘zbekiston” massivlaridagi ko‘p qavatli uylarni issiqlik energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 2 ta loyihani amalga oshirish belgilangan bo‘lib, 1 ta qozon va 4,4 km issiqlik tarmog‘i tortilishi rejalashtirilgan. Natijada 700 dan ortiq xonadondan iborat 14 ta ko‘p qavatli uy issiqlik energiyasi bilan ta’minlanadi. Bugungi kunga qadar 1 ta qozon (100%) va 1,6 km (35%) issiqlik tarmog‘ini tortish ishlari bajarilgan.
Loyihalarning hayotga samarali tatbiq qilinishida aholi bilan ishlash, ularni ham shu loyihalarga jalb qilish muhim sanaladi. Ayniqsa ko‘p qavatli uylarning ichki tizimlari qurilishida aholiga tushuntirish ishlarini olib borish ko‘zlangan natijani beradi. Ammo, ayrim yirik loyihalar bajarilishida aholi bilan ishlanmagan holatlar ko‘zga tashlanmoqda. Bu Andijonda ham kuzatilgan. Shu bois, Sherzod Sultonov, Injiniring kompaniya direktori Ochilov Toxir Muzaffarovich va mahalla faollariga loyihaning odamlar uchun qanchalik foydali ekanini tushuntirdi.