Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PQ-454-son qaroriga asosan Jizzax shahridagi RK-1 qozonxonasiga kogeneratsiya texnologiyalarini joriy qilish, hududdagi ko‘p qavatli uylarga issiqlik tarmog‘ini tortish hamda IIPni o‘rnatish ishlari jadal olib borilmoqda.

 

Loyiha bo‘yicha jami 6,2 kilometr markaziy quvurlar tortilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda 1 kilometri yakuniga yetdi. Shuningdek, bir vaqtning o‘zida ko‘p qavatli uylarning ichki tizimlari, yerto‘ladagi yotiq va tik quvurlar montaj qilinib, IIP uchun xonalar tayyorlanmoqda.

 

2025-2026-yillarga mo‘ljallangan ushbu loyiha natijasida Jizzax shahardagi 78 ta ko‘p qavatli uy issiqlik energiyasi bilan ta’minlanadi.