Shu kunlarda “Issiqlikta’minoti” AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Sultonov hamda “Ko‘p xonadonli uylarni mukammal va joriy ta’mirlash hamda issiqlik ta’minoti obyektlarini qurish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” DUK bosh muhandisi Z. Ro‘ziyevlar hududlarda bo‘lib, issiqlik qozonxonalari qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishmoqdalar.
Xususan, ular Qoraqalpog‘iston Respublikasida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivlari va mahallalardagi foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan issiqlik qozonxonalarining qurilish-montaj ishlarini ko‘zdan kechirdilar.
Tashrif chog‘ida asosiy e’tibor qurilish sifatini ta’minlashga, shuningdek, obyektlarni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish zarurligiga qaratildi. Aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.