Yangiliklar

“Ko‘pxonadonli uylarni mukammal va joriy ta'mirlash hamda issiqlik ta'minoti obyektlarini qurish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” DUKda Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan madaniy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Tadbirda korxona jamoasi keng ishtirok etdi. Avvalo, tashkilot rahbari Ochilov Toxir Muzaffarovich barcha xodimlarni Mustaqillik bayrami bilan samimiy tabriklab, yurtimizda erishilayotgan barcha yutuq va muvaffaqiyatlarning asosi tinchlik hamda mustaqillik kabi ulug‘ neʼmatlar ekanini ta’kidladi.

Uchrashuv davomida Mustaqilligimizning 34 yillik shodiyonalarini ko‘tarinki kayfiyatda kutib olish, tinchlik va totuvlikni asrab-avaylash, ularni kelajak avlodlarga yetkazish barchamizning muqaddas burchimiz ekani qayd etildi.

 

Shuningdek, oxirgi yillarda O‘zbekistonning qo‘lga kiritayotgan yutuqlari nafaqat yurtdoshlarimiz tomonidan, balki, xalqaro hamjamiyat tomonidan alohida eʼtirof etilmoqda. Bu – olib borilayotgan ichki va tashqi siyosatimiz to‘g‘ri yo‘lda ekaniga berilgan bahodir.