Xorazm viloyati, Urganch shahri P. Maxmud ko‘chasida joylashgan "POCHTA" qozonxonasi va issiqlik tarmoqlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish ishlari tugatildi va foydalanishga topshirildi.
Rekonstruksiya ishlari natijasida "POCHTA" qozonxonasi binosi va issiqlik tarmoqlari yangilandi. 5 940 mln so‘mlik bajarilgan qurilish-montaj ishlari natijasida 1300 metr issiqlik tarmoqlari yotqizildi va qozonxona binosi qayta (rekonstruksiya) qilinib, 3ta 1,2mMVt jami 3,6mMVt lik isitish qozonlari o‘rnatildi.
Ushbu qozonxona xozirgi kunda 7 ta ijtimoiy soha obyektlari va 13 ta ko‘p qavatli turar joy (620 ta xonadon) binolarini issiq suv hamda issiqlik bilan ta’minlamoqda.