Yangiliklar

ZAMONAVIY BOLALAR MAYDONCHASI OCHILISH MAROSIMI HAMDA OAV VAKILLARI VA JURNALIST HAMDA BILOGIRLAR UCHUN PRESS-TUR TASHKIL ETILDI.

Zamonaviy bolalar maydonchasi ochilish marosimda Jizzax viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i, ikkinchi sektor rahbarlari, Jizzax shahar hokimligi vakillari, Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat kursatish vazirligi tizimidagi Koʻp xonadonli uylarni mukammal va joriy ta’mirlash hamda issiklik ta’minoti ob’ektlarini kurish buyicha injiniring kompaniyasi davlat unitar korxonasi Jizzax viloyati hududiy filiali, pudratchi “Ulkan meros trans” MCHJ rahbarlari, Mahalla faollari ishtirok etishdi.

OAV vakillari va jurnalis hamda bilogirlar uchun aholining yashash sharoidlarini yaxshilash va bu borada olib borilayotgan ishlar yuzasidan shu joyning o'zida Press-tur tashkil etildi.

Bugun yurtimizning har barcha hududlarida,  Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz yillik bayrami keng nishonlanmoqda.

Bayram munosabati bilan, Jizzax shahar Obod mahalla fuqarolari yigʻini xududidagi koʻp kavrtirali uylar atrofida barpo etilgan zamonaviy bolalar maydonchasi o‘z egalariga topshirildi.

Tadbir avvalida tashrif buyurgan mehmonlarga va ushbu bolalar moydonchasini barpo etishda ishtirok etgan hasharchilar uchun “Komila Moxira” UMJSHraisi Orziqulova Rano hamda mulkdorlar tomonidan minnadorchilik ramzi sifatida bayram dastirxoni tashlik etildi va tashrif buyurgan mehmonlar ishtirokida bolalar maydonchasi foydalanishga topshirildi.

Quyosh hamma yerda bir xil nur sochadi. Ammo bugun bolalari baxtiyor, tinch va farovon yashayotgan mamlakatlarda u yanada yorqinroq porlab, o‘zining qaynoq nurlarini ayamay tuhfa etayotgandek.

Bolalarning sevimli shodiyonasini nafaqat ularning o‘zlari, balki kattalar ham o‘zgacha xursandchilik bilan qarshi oladi. Shu kuni o‘tkaziladigan barcha ko‘ngilochar tadbirlar, shubhasiz, tantananing jajji “bolajon”lariga bag‘ishlanadi.